2022 yilda o‘zbekistonliklarni necha foiz inflyatsiya kutib turibdi?
Bu qiziq
−
15 noyabr 2021
11858O‘zbekistonda 2022 yilda inflyatsiya darajasi 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda avvalroq e’lon qilingan O‘zbekistonning 2022 yil uchun davlat byudjeti loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, 2022 yil uchun Davlat byudjeti loyihasi va 2023-2024 yillar uchun byudjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan 2020 yilda inflyatsiya darajasi 11,1 foizni, 2019 yilda esa 15,2ni tashkil etgan.
Xususan, 2022 yilda yalpi ichki mahsulotning 6,0 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab chiqarishni 7,0 foizga, xizmatlar sohasida 6,5 foizga, qishloq xo‘jaligida 3,3 foizga o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda.
Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2022 yilda inflyatsiya darajasi 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Mazkur rivojlanish ko‘rsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan.
LiveBarchasi