2022 yilda “snos”lar uchun byudjetdan 500 mlrd so‘m ajratiladi

Jamiyat

image

2022 yilda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun (kompensatsiya) Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘larining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, ya’ni respublika byudjetidan 500 mlrd so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. 

Qayd etilishicha, jamg‘arma o‘z faoliyatini to‘liqligicha Davlat byudjetidan ajratiladigan transfertlar hisobidan amalga oshirilishini inobatga olgan holda jamg‘armaning kelgusi yilgi xarajatlari ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishi prognoz qilinmoqda. 

2021 yilda ushbu xarajatlar uchun 273 milliard so‘m ajratilgan. 2020 yilda 216 milliard so‘m “snos”dan ko‘rilgan zararlarni qoplashga yo‘naltirilgan.

Solishtirish uchun, mahalliy hokimliklar byudjetning orttirib bajarilgan qismidan ham mablag‘ ajratishlari mumkin.

Shuningdek, 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 7 trln 727 mlrd 82 mingga teng bo‘lishi ham prognoz qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing