2022 yilda Samarqanddagi tarixiy obidalar restavratsiyasi qanchaga tushdi?
Bu qiziq
−
30 dekabr 2022
106312022 yilda Samarqandda joylashgan tarixiy obidalarning ta’miri va qayta tiklanishi uchun jami 28,7 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan. Bu haqda AOKAda tashkil etilgan brifingda Turizim va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi matbuot kotibi Mohinur Imomova ma’lum qildi.
Shuningdek, 2022 yilda Samarqandning 14 ta madaniy meros obidalari qayta ta’mirlangan. Ular orasida Registon ansambili, Shohizinda va Bibixonim majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi kabi yillar davomida ko‘p marotaba qayta restavratsiya qilingan obidalarni uchratish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi uch yillikda 250 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasi uchun davlat byudjetidan 339 mlrd so‘m sarflangan. Shu jumladan, 2022 yilda umumiy hisobda 64 ta madaniy meros ob’ektlari qayta ta’mirlangan.
Bugungi kunda respublikamizda joylashgan 8210 ta madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 4788 tasi arxeologik yodgorlikdir.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi