2022 yilda gaz, “svet” va suv uchun tariflar oshiriladi

Jamiyat

image

2022 yilda O‘zbekistonda Elektr energiyasi va tabiiy gazni ichki iste’molchilarga sotish narxi, issiq suv va issiqlik, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari oshishi kutilmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun byudjetnoma bo‘yicha bergan xulosasida aytib o‘tilgan.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni ichki iste’molchilarga sotish narxi, issiq suv va issiqlik, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari 2020-2021 yillarda ushbu resurslar narxlari o‘zgarmagani va keyingi yilda indeksatsiya qilinishi ko‘zda tutilayotgani bilan izohlangan.

Hisob palatasining ta’kidlashicha, yuqoridagilardan kelib chiqib, energiya resurslari tarif narxlarining 2022 yilda keskin oshirilishi fonida, joriy inflyatsiya darajasining o‘tgan yilga nisbatan pasayishini ta’minlash uchun boshqa iste’mol tovar va xizmatlar narxlari o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirish talab etiladi.

Buning uchun Hukumat hamda tarmoq vazirlik va idoralariga iste’mol tarkibidagi yuqori vaznga ega oziq-ovqat (go‘sht, un mahsulotlari, mevasabzavotlar), nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak, qurilish mollari) va boshqa xizmatlar (transport va aloqa)ga bo‘lgan talabni to‘laqonli ta’minlash orqali, ular narxlarining barqarorligi ta’minlash choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2438

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing