2022 yilda Davlat byudjeti daromadi va xarajatlari qancha bo‘ladi?
Jamiyat
−
11 noyabr 2021
186482022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari (byudjetlararo Transfertlar bilan birgalikda) jami 193 trln so‘m (YAIMga nisbatan 23 foiz) miqdorida prognoz qilinmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun byudjetnoma bo‘yicha bergan xulosasida aytib o‘tilgan.
Byudjetnomaga muvofiq, 2022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari davlat soliq idoralari bo‘yicha 145,7 trln so‘mni (YAIMga nisbatan 17,3 foiz), davlat bojxona idoralari bo‘yicha 39,8 trln so‘mni (4,8 foiz) va Moliya vazirligi tushumlari bo‘yicha 7,5 trln so‘mni (0,9 foiz) tashkil qilmoqda.
Shuningdek, byudjetnomada Davlat byudjeti xarajatlari 172 trln 680,5 mlrd so‘mga yetishi prognoz qilingan. Hisob palatasi ushbu xarajatlarni 1 trlnga qisqartirishni taklif qilgan. Shunda Davlat byudjeti xarajatlari 171 trln 680,5 mlrdni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, 2022 yil uchun davlat byudjeti daromadlarini prognozi byudjet daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi narx va valyuta kurslarining o‘rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan.
Hisob palatasi xulosasiga ko‘ra, 2023 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari (byudjetlararo Transfertlar bilan birgalikda) jami 210,7 trln so‘m, 2024 yilga esa 246,7 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Ma’lumot o‘chun, prognozga ko‘ra, 1 AQSH dollarining o‘rtacha yillik summasi – 11 321 so‘mga teng bo‘ladi.
LiveBarchasi