2022 yilda 100 maqsad uchun qariyb $17 mlrd ajratiladi
Jamiyat
−
26 yanvar 2022
73462022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi bevosita odamlar bilan maslahatlashib, ularning takliflariga asosan ishlab chiqilgan. Bu haqda Prezident Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ushbu strategiyada:
• yaqin va o‘rta istiqbolda O‘zbekistonning taraqqiyot tendensiyalari qanday bo‘ladi?
• kelgusidagi faoliyatimizni belgilaydigan aynan qaysi maqsad va vazifalar biz uchun eng dolzarb va ustuvor hisoblanadi?
• davlat va jamiyat hayotining barcha jabha va yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratishimiz kerak?
• keyingi yillarda qabul qilingan qonun va qarorlarimiz, dastur va rejalarimizni yangi davrda qanday davom ettirishimiz, ularga qanday qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishimiz kerak, degan savollarga chuqur va atroflicha javob berilgan.
Yig‘ilishda 2022 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasining muhokamasi jarayonida aholidan 17 mingdan ziyod taklif kelib tushgani, ularning barchasi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganilib, dastur loyihasi 300 dan ortiq yangi tashabbus bilan to‘ldirilgani ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” belgilab olingan. Ushbu maqsadlarga erishish uchun joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion (5 mlrd 80,9 mln dollar) so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
“Barcha sa’y-harakatlarimiz, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shart.
Buning uchun respublika, viloyat, tuman va shahar hamda mahalla darajasidagi barcha rahbarlar bor kuch va resurslarini to‘liq safarbar qilishlari zarur”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi