2022 yil O‘zbekiston Rossiyaga gaz sotmaydi
Jamiyat
−
06 yanvar 2022
189992022 yilda O‘zbekiston ichki iste’moldagi mavsumiy maksimumlarni qoplash uchun Rossiyaga tabiiy gaz eksport qilishni to‘xtatadi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qilgan.
“Ayni paytda Rossiya Federatsiyasiga gaz yetkazib berish amalga oshirilmayapti, 2022 yilga mo‘ljallangan rejalar ham yo‘q”, deyiladi vazirlik xabarida.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning 11 oyida qariyb 685 million dollarlik gaz eksportini amalga oshirgan.
2018 yilda O‘zbekiston tomonidan “Gazprom”ga 3,8 milliard kub metr gaz, 2019 yilda esa 4,9 milliard kub metr gaz yetkazib berilgan. 2020 yilda eksport qilish to‘xtatilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston asosan tabiiy gazni Xitoyga eksport qiladi. XXR bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat 2020 yilda 3,277 milliard kub metr, 2021 yilning 10 oyida esa 4 milliard 200 million kub metr tabiiy gazni Xitoyga yetkazib bergan.
LiveBarchasi