Dunyoda uchinchi eng issiq oktyabr oyi kuzatildi
Olam
−
09 noyabr 2021
40662021 yilning oktyabr oyi global miqyosda eng issiq uchinchi oktyabr deb topildi. Ushbu oyda harorat 1991–2020 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,42 daraja yuqori, 2015 va 2019 yil oktyabr oylariga qaraganda biroz salqinroq bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, dunyoning shimoliy va janubiy qutblarida oy davomida yana mavsumga xos bo‘lmagan bir nechta anomal issiq haroratlar to‘lqini qayd etilgan. Kanada shimoli va Rossiya Sibirida o‘rtacha oylik harorat me’yordan 7 daraja yuqori bo‘lgan. Global iqlim o‘zgarishidan qutbiy mintaqalar ham jabr ko‘rgan.
O‘rta Osiyo, Yevropa janubi-sharqi, Kavkaz bo‘yi, Turkiya, Afrika, Avstraliyaning janubi hamda g‘arbiy Antarktidada esa aksincha, havo harorati odatiydan ko‘ra sovuqroq bo‘lgan.
O‘zbekistonda o‘tgan oktyabr oyi sovuq bo‘lib, o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 2-3 daraja pastlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda o‘n ikki oylik o‘rtacha global harorat 1850–1900 yillardagidan taxminan 1,1-1,2 daraja yuqori bo‘ladi.
LiveBarchasi