2021 yilgi davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi

Jamiyat

image

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2021 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasi tasdiqlanishi nazarda tutilgan. Loyiha 276 banddan iborat. 

Dasturning dastlabki loyihasini tayyorlashda Oliy Majlis palatalari, barcha vazirlik va idoralar, xorijiy tashkilotlar ekspertlari,  jamoatchilik vakillarining 3 mingdan ortiq taklif va fikr-mulohazalari atroflicha muhokama qilingan. OAV va ijtimoy tarmoqlardagi tanqidiy materiallarning tahlili o‘tkazilgan, aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Mazkur Farmon loyihasini 10 kun mobaynida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishdan maqsad – joriy yilgi Davlat dasturini fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda yanada takomillashtirishdan iborat.

Shu maqsadlarda joylarda jamoatchilik vakillari ishtirokida turli davra suhbatlari, bahs-munozaralar, ochiq muloqotlar o‘tkaziladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama platformalari yaratiladi.

Muhokamalar jarayonida kelib tushgan barcha fikr-mulohazalar va takliflar umumlashtirilib, ularning natijalari asosida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing