2021 yilgacha davlat idoralari hujjatlarning qog‘oz ko‘rinishidan voz kechadi – Prezident qarori

Jamiyat

image

2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti imzolagan byurokratiyani qisqartirish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari qator hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bo‘yicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida tuzish hamda 2021 yil 1 yanvarga kelib qog‘oz ko‘rinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni to‘ldirishdan to‘liq voz kechish imkonini beradigan Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Davlat organlari va tashkilotlari Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida nazarda tutiladigan muddatlarda hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini va uning to‘laqonli ishlashini ta’minlaydi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun shaxsan javobgar ekani belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

byurokratiya

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing