2021 yilda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sezilarli kamaydi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda 2021 yil 236 667 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi. 
 
Statqo‘mga ko‘ra, 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 43 413 dona kam avtomobil ishlab chiqarilgan.
 
Ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
 
● ko‘mir – 5,1 mln tonna;
 
● avtomobil benzin – 1,1 mln tonna
 
● neft – 774 ming tonna;
 
● gaz kondensati – 1,3 mln tonna;
 
● yengil avtomobil – 236 667 dona;
 
● avtobus – 1003 dona;
 
● yuk avtomobillari – 3979 dona;
 
● traktor – 213 dona;
 
● avtomobil dvigatellari – 160,4 ming dona.
 
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda eng ko‘p ishlab chiqarilgan engil avtomobil Cobalt (71 082 dona) bo‘lgan.
 
Ma’lumot uchun, 2020 yil O‘zbekistonda 280 080 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing