2021 yilda savdoga chiqariladigan davlat mulklari ro‘yxati belgilandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar ro‘yxati (27.10.2020 yildagi PF-6096-son farmon bilan tasdiqlangan) izohi xatboshi bilan to‘ldirildi, unga muvofiq korxona MCHJga aylantirilganidan so‘ng davlat ulushining 70 foizi sotuvga chiqariladi va 30 foizi Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufida qoldiriladi.

Prezidentning joriy yil 11 fevraldagi PF-6167-son farmonida 2021 yilda savdoga chiqariladigan davlat aktivlarining (keyingi o‘rinlarda – ob’ektlar), shuningdek davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda – korxonalar) ro‘yxati belgilandi.

2021 yil apreldan savdoga chiqariladigan davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari ro‘yxati izohi 3-band bilan to‘ldirildi, unga muvofiq davlat ulushi miqdori va korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek ro‘yxatga qo‘shimcha kiritilgan normalarga muvofiq:

  • ushbu korxonalardagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi jalb etadigan professional tashkilotlar orqali sotiladi;
  • ushbu ilovada ko‘rsatilgan korxonalarning ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning ulushi mavjud bo‘lganda, ularning ulushlari belgilangan tartibda boshqaruv organlari qarorlari asosida balans qiymatida ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilib, yaxlit paketda savdoga chiqariladi;
  • mazkur korxonalardagi savdoga chiqariladigan davlat ulushi miqdori va sotiladigan korxonalarning nomma-nom ro‘yxati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taklifiga asosan Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.

Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing