2021 yilda korrupsion jinoyatlar sabab davlatga 1 trln 282 mlrd zarar yetgan

Jamiyat

image

2021 yil O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 282 mlrd miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda bugun, 10 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining jamoatchilikka bergan hisobotida ma’lum qilindi, deb xabar berdi QALAMPIR.UZ muxbiri.

Qayd etilishicha, korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2020 yilda 500 mlrd 102 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazilib, 355 mlrd so‘m yoki 71,0 foiz undirilgan bo‘lsa, 2021 yildagi moddiy zarar miqdori 1 trln 282 mlrdni tashkil etib, 887 mlrd so‘mi yoki 69,1 foizi undirilgan.

Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2021 yilda jami 4901 ta (493 tasi dublikat) murojaat kelib tushgan bo‘lib, barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ta’minlangan.

Hisobotda keltirilishicha, 2021 yilda Respublika bo‘yicha jami 5483 nafar shaxsga nisbatan, 3769 ta korrupsiyaga oid jinoyat ishlari ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda sudlarga yuborilgan. 2020 yil bilan taqqoslaganda sudga yuborilgan jinoyat ishlar soni 2621 taga, javobgarlikka tortilgan shaxslar soni esa 3 760 taga yoki 218 foizga ko‘paygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing