2021 yil O‘zbekistonda qancha aholi yong‘in qurboni bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

2021 yilda O‘zbekiston hududida 126 ta favqulodda vaziyat (80 ta texnogen, 46 ta tabiiy) sodir bo‘lgan. Bu haqda joriy yilning 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mavlon Yunusov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, favqulodda vaziyatlarning asosiy qismini yo‘l-transport hodisalari (31 foiz), aholi uy-joylarida gaz (portlashi) chaqnashi (13,5 foiz), aholining tabiiy, is gazidan va toksik moddalardan zaharlanishi (31,7 foiz), binolar, inshootlar va yer jismlarining qulashi (7,1 foiz), avtomobildagi yong‘in hodisalari (4 foiz) tashkil etgan.

Shuningdek, 2021 yilning 12 oyi davomida respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 10 667 tani tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 423 ta (3,8 foiz)ga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lish holatlari 112 nafarni tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 14 nafar (11,1 foiz)ga va yong‘inlarda insonlarning kuyish tan jarohati olish holatlari 240 nafarni tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 20 nafar (7,7 foiz)ga kamaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing