2021 yil O‘zbekistonda 13 ta yangi markaziy masjid ochiladi
Jamiyat
−
09 yanvar 2021
11062O‘zbekistonda 2021 yil umumiy sig‘imi 43 mingdan ortiq bo‘lgan 13 ta markaziy masjid ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, ayni paytda 218 ta masjid butunlay yangi loyiha asosida qaytadan qurilmoqda.
2021 yilda foydalanishga topshiriladigan markaziy masjidlar quyidagilar:
1. “Xonobod” masjidi
Manzil: Toshkent viloyati Ohangaron shahri
Sig‘imi: 4000 kishi
Me’moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirilish vaqti: 2021 yil avgust oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.
2. “Akbarali ota” masjidi
Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston tumani
Sig‘imi: 1500 kishi
Me’moriy uslubi: sakkiz burchak
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: kutubxona, keng avtoturargoh.
3. “Xoji Abdulloh al Ansoriy” masjidi
Manzil: Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani
Sig‘imi: 2000 kishi
Me’moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil dekabr oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: uch tomonlama kirish yo‘li, keng avtoturargoh.
4. “Qorashbuva” masjidi
Manzil: Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani
Sig‘imi: 1500 kishi
Me’moriy uslubi: Yangi klassika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil sentyabr oyi
5. “O‘tovli Eshon” masjidi
Manzil: Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani
Sig‘imi: 250 kishi
Me’moriy uslubi: an’anaviy-tarixiy
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil may oyi (Ramazon hayiti).
6. “Devonaboy” masjidi
Manzil: Andijon viloyati Andijon shahri
Sig‘imi: 15000 kishi
Memoriy uslubi: an’anaviy-tarixiy
Foydalanishga topshirish muddati: 2021 yil Aprel (Ramazon) oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: Veb-sayt faoliyati uchun aloxida xona, anjumanlar zali, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.
7. “Abdulhamid qori” masjidi
Manzil: Andijon viloyati viloyati Xonobod shahri
Sig‘imi: 3000 kishi
Me’moriy uslubi: an’anaviy-milliy
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil sentyabr oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: ayollar uchun tahoratxona va namozxona
8. “Sarimozor” masjidi
Manzili: Surxondaryo viloyati Boysun tumani
Sig‘imi: 5000 kishi
Memoriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vakti: 2021 yil avgust oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, oshxona, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.
9. “Qilichbek Qo‘rg‘oncha” masjidi
Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
Sig‘imi: 1800 kishi
Me’moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil dekabr oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: kutubxona, kitob do‘koni.
10. “Boymoqli” masjidi
Manzil: Jizzax viloyati Zomin tumani
Sig‘imi: 860 kishi
Me’moriy uslubi: Sakkiz burchak
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil avgust oyi.
Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, kutubxona, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona.
11. “Dilkusho” masjidi
Manzil: Buxoro viloyati Buxoro shahar
Sig‘imi: 2000 kishi
Me’moriy uslubi: tarixiy-an’anaviy
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil mart oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: Yirik kutubxona, 2 kishilik dam olish xonasi (mehmonxona), ayollar uchun namozxona.
12. “Siroj solih” masjidi
Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani
Sig‘imi: 4000 kishi
Me’moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, veb-sayt faoliyati uchun videostudiya.
13. “Kulol qo‘rg‘on” masjidi
Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani
Sig‘imi: 3500 kishi
Me’moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: sartaroshxona, 30-35 sig‘imli ichki avtoturargoh (“parkovka”), kitob do‘koni, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.
“Ta’kidlash kerakki, bu ishlar sahovatpesha insonlar, mehnatsevar xalqimizning hashari bilan bo‘lmoqda. Muxlis elimiz qayerdaki masjid qurilishi haqida darak topsa, “Allohning uyini obod etishga men ham hissamni qo‘shsam”, degan ilinjda baholiqudrat xizmatga bel bog‘lamoqdalar, ijtimoiy tarmoqlarda dalolat qilmoqdalar. Siz-chi, aziz vatandosh, chetda qolib ketmadingizmi? Bordiyu shunday bo‘lsa, imkoniyat bor, fursat bor. Kimnidir emas, olamlar Robbisining xizmatiga sizni taklif etamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi