2021 yil uchun ranglar tanlandi

Bu qiziq

image

Pantone xalqaro tadqiqot instituti 2021 yilning asosiy ranglarini tanladi. Bu haqda institut saytida xabar berilgan.

Bu safar institut birdaniga ikkita rangni tanlagan. Birinchisi Illuminating - yorqin va sariq rang. Pantone ta’kidlashicha, bu rang iliqlik va tetiklikni anglatadi. 

Ikkinchi rang esa Ultimate Gray deb nomlangan, ya’ni plyajdagi toshni eslatuvchi sokin va sovuq kul rang.
Institut bu rang vaqt sinoviga bardosh bera olishini aytgan. 

Shuningdek, ushbu ranglar birlashtirilishi haqida qo‘shimcha qilishgan. 

"Amaliy, ammo shu bilan birga iliq va optimistik kombinatsiya bizga umid baxsh etadi. Hozir odamlar uchun yaxshi kayfiyatni his qilish juda muhim", deya xulosa qilgan Pantone Bosh direktori Litris Eysman.

Ma’lumot o‘rnida, Pantone 20 yildan buyon har yili dekabrda kelgusi yil rangini tanlaydi. Tanlov moda, arxitektura, dizayn va madaniyatdagi trendlar asosida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

RANGLAR

Baholaganlar

207

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar