2021 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
Jamiyat
−
03 dekabr 2020
29789O‘zbekistonliklar kirib kelayotgan 2021 yilning qaysi sanalarida qo‘shimcha dam olish kunlariga ega bo‘lishlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan.
Unga muvofiq, 2021 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
- 2 sentyabr – payshanba;
- 3 sentyabr – juma.
Shuningdek, 2021 yil 2 yanvar – shanba, 20 mart – shanba, 22 mart – dushanba va 4 sentyabr – shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari etib belgilangan.
LiveBarchasi