2021 yil Facebook, Google va Apple O‘zbekistonga qancha soliq to‘ladi?
Texnologiya
−
15 Oktabr 2021
7874Joriy yilning 9 oyi davomida yirik xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga 10 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida Facebook 7,6 mlrd so‘m, GOOGLE COMMERCE LIMITED – 4,6 mlrd so‘m, APPLE – 2,2 mlrd so‘m, NETFLIX – 331 mln so‘m va Yandex – 256 mln so‘m soliq to‘ladi.
Elektron xizmatlar deganda dasturiy ta’minotdan foydalanish, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali o‘yinlar, elektron kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, musiqa asarlari va boshqalardan foydalanish huquqini berish tushuniladi.
Soliq kodeksida 2020 yil 1 yanvardan boshlab ro‘yxatga olishning yangi tartibi belgilangan.
Internet-kompaniyalari ro‘yxatdan o‘tishi uchun qulaylik yaratish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan QQS-ofis ishga tushirilgan.
Ushbu manba xorijiy yuridik shaxslarga O‘zbekistonda QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berish, onlayn shaxsiy kabinetdan foydalanish, (hisobot taqdim etish va soliq to‘lash) shuningdek, soliqqa tortish bilan bog‘liq barcha savollarga javob olish imkonini beradi.
LiveBarchasi