2021 yil dunyoda milliarder soni yana 400 taga ko‘paydi

Olam

image

2021 yil dunyoda milliarder soni yana 400 taga ko‘paydi.  Ularning 160 nafari Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda mashhur “Forbes” nashri ma’lum qildi.

Joriy yilning 17 dekabr holatiga ko‘ra, dunyodagi milliarderlar soni 2600 dan ortiq bo‘lib, ularning umumiy boyligi qariyb 14 trln dollarni tashkil qiladi.

“Forbes”ga ko‘ra, ayollar orasida eng boy yangi milliarder bir nechta kazino egasi bo‘lgan amerikalik Sheldon Adelsonning bevasi Miriam Adelson bo‘lgan. U marhum turmush o‘rtog‘i kapitalining asosiy qismini tashkil qilgan Las Vegas Sands kompaniyasidagi ulushini meros qilib olgan. Mutaxassislar ushbu ulushni 27,1 mlrd dollarga baholashmoqda.

Shuningdek, amerikalik qo‘shiqchi Rianna Fenty Beauty kosmetika brendidagi 50 foiz ulushi tufayli 1,7 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy ayol musiqachiga aylandi.

Nashrning qayd etishicha, milliarderlar klubiga kirgan yangi a’zolarning ko‘pchiligi Xitoyda faoliyat yuritadi. Mazkur mamlakatda bir yil ichida 160 nafar yangi milliarder paydo bo‘lgan. Bu borada Xitoy ortidan deyarli 100 nafar yangi milliarder bilan AQSH kelmoqda. Hindiston va Germaniyada milliarderlar soni 20 nafarga, Shvetsiyada 12 nafarga ko‘paygan. To‘rtta davlatda birinchi milliarderlar aynan 2021 yilda paydo bo‘lgan.   

Xususan, Bolgariyada milliarder aka-uka Kirill va Georgi Domushiyevlar veterinariya mahsulotlari, yuk tashuvlari, ko‘chmas mulk biznesi va futbol orqali 4,2 mlrd dollarga baholangan imperiyalarini qurishgan. 

Estoniyada 2021 yilda Wise to‘lov servisi asoschilari Kristo Kyayermann va Taavet Xinrikus ham ilk milliarderlarga aylangan.

Urugvayda dLocal  xalqaro to‘lov startapi birinchi marta birjaga chiqqandan keyin birdaniga 3 nafar milliarder paydo bo‘lgan. Yil oxirigacha ulardan biri milliarderlik maqomini yuqotdi, ammo ikki hamkasbi saqlab qoldi: Andres Bzurovski va Serxio Vogel. Ularning boyligi taxminan 2 milliard dollarga baholanmoqda.

2021 yildagi yangi milliarderlarning yarmidan ko‘pi o‘z kapitalini uch soha – ishlab chiqarish, texnologiyalar hamda moliya va investitsiya orqali ko‘paytira olgan. Xitoylik milliarderlarning ham asosiy daromadi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdan bo‘lgan.

Milliarderlar ro‘yxatiga yangi qo‘shilganlar orasida “Uzuklar hukmdori” filmi direktori Piter Jekson ham bor. U Yangi Zelandiyadagi Weta Digital maxsus effektlar ustaxonasini noyabr oyida Unity Software video o‘yin kompaniyasiga 1,6 milliard dollarga sotgan. Natijada Jekson 1,5 milliard dollar sarmoyaga ega milliarderga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing