2020 yilning eng yaxshi videoo‘yinlari aniqlandi

Bu qiziq

image

The Game Awards 2020 yil uchun eng yaxshi videoo‘yinlarni aniqladi. Taqdirlash marosimi “thegameawards” Youtube kanalida namoyish qilindi

The Last of Us: Part 2 videoo‘yini “Eng yaxshi o‘yin”, “Eng yaxshi o‘yin dizayni”, “Eng yaxshi syujet” va “Eng yaxshi audio dizayn” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, o‘yin nogironlar uchun ham qulay deb topildi. 

Final Fantasy VII Remake “Eng yaxshi saundtrek” nominatsiyasida birinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, Hades “Eng yaxshi ekshen” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Animal Crossing: New Horizons eng yaxshi oilaviy o‘yin deb topildi. Microsoft Flight Simulator esa eng yaxshi strategiya o‘yini bo‘ldi.

Tomoshabinlar mukofoti Ghost of Tsusima videoo‘yiniga topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

videoo'yin

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar