2020 yildan boshlab 5 mart — “Sport” kuni deb e’lon qilinadi

Jamiyat

image

2020 yil 1 yanvardan boshlab sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravishda rag‘batlantirishni tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida keltirib o‘tilgan.

2020 yildan boshlab 5 mart kuni “Sport” kuni deb e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, mutasaddi vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar turli ommaviy tadbirlar, sport musobaqalar, festivallar, marafonlar va boshqa tadbirlarni mos tarzda, tantanali ravishda o‘tkazishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Sport kuni”ni nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sport kuni

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar