2020 yilda salkam 250 mlrd byudjet puli asossiz sarflab yuborilgan
Jamiyat
−
13 yanvar 2021
4079O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumotlari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan 4 729 ta (2019 yilda 8 074 ta) nazorat tadbirlarida 246 mlrd so‘m miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 mlrd so‘mni byudjetga tiklanishi ta’minlangan.
Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 48 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga o‘rnatilgan tartibda jarimalar qo‘llanilgan.
Shuningdek, 3 033 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan.
LiveBarchasi