2020 yilda qaysi viloyat eng ko‘p limon eksport qilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
09 fevral 2021 9669 1 daqiqa
O‘zbekiston 2020 yilda qiymati 8,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 7,1 ming tonna limon eksport qilgan. Hududlar kesimida eng ko‘p eksport hajmi Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot keltirdi.
2020 yil mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 3,4 ming tonna;
- Qozog‘iston – 2,1 ming tonna;
- Qirg‘iz Respublikasi – 1,5 ming tonna;
- Afg‘oniston – 87,7 tonna;
- Ukraina – 20,6 tonna.
Hududlar kesimida limon eksporti hajmi:
- Farg‘ona viloyati – 2,0 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 1,3 ming tonna;
- Namangan viloyati – 1,0 ming tonna;
- Andijon viloyati – 500,3 tonna;
- Xorazm viloyati – 414,8 tonna;
- Surxondaryo viloyati – 392,5 tonna;
- Sirdaryo viloyati – 335,2 tonna;
- Toshkent shahri – 273,4 tonna;
- Navoiy viloyati – 238,9 tonna;
- Samarqand viloyati – 202,5 tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 184,9 tonna
- Buxoro viloyati – 127,3 tonna;
- Jizzax viloyati – 27,2 tonna;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6,7 tonna.
Live
Barchasi