2020 yilda qancha mansabdorga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

2020 yilda 234 nafar mansabdor shaxsga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan Bu haqda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilda soliqqa oid turli huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun 188 ta yirik soliq to‘lovchi korxonaning 234 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, 193 nafar (82 foiz) mansabdor shaxs tomonidan belgilangn o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf etishga erishilgan. Majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan 41 nafar (18 foiz) mansabdor shaxsga nisbatan esa jami 59,3 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing