2020 yilda iqtisodiyotida o‘sish kuzatilgan yagona rivojlangan davlat ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi sabab jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan 2020 yilda rivojlangan davlatlardan faqatgina Xitoy iqtisodiyotida o‘sish kuzatilgan. Bu haqda XXR Savdo vaziri o‘rinbosari Syan Kemin aytib o‘tdi.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, 2020 yilda Xitoy iqtisodiyoti 2,3 foizga o‘sgan. Iqtisodiy o‘sish so‘nggi o‘n to‘rt yil ichidagi eng past ko‘rsatkich bo‘lgan.

Biroq, koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiyoti kuchli davlatlar ichida faqatgina Xitoyda o‘sish kuzatilgan.

Masalan, AQSH yalpi ichki mahsuloti 2020 yilda 3,5 foizga kamaygan, bu 1946 yildan beri eng sezilarli pasayish hisoblanadi.

Rossiya yalpi ichki mahsuloti esa 2020 yilda 4 foizga kamaygan.

Xitoy 2020 yilda 220 milliarddan ziyod himoya niqobini 200 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga eksport qildi.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Xitoydan 2,3 milliard himoya kostyumi va test uchun 1 milliard reaktiv to‘plamlari ham eksport qilingan.

Rasmiyning ta’kidlashicha, Xitoy epidemiyaga qarshi dori-darmonlarni yetkazib beruvchi eng yirik davlat sifatida o‘zining ustunligini faol ravishda rivojlantirmoqda.

Qayd etish kerakki, Xitoy koronavirus bilan birinchi bo‘lib qarama-qarshi keldi. U virus tarqalishiga qarshi qat’iy choralar ko‘rishi natijasida bir necha oyda vaziyat nazoratga olindi. Bu vaqtga kelib, dunyoda virus avj ola boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

291

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing