2020 yilda gaz va elektr narxi sezilarli darajada oshishi istisno etilmadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda narxlar ko‘tarilishi bilan bog‘liq noaniqliklar saqlanib qolinayotgani qayd etildi va bu masalaga oydinlik kiritildi.
“Xizmatlar sohasida tannarx ko‘p hollarda ish haqi darajasiga va kommunal sohada esa energiya manbalari narxlariga bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu sohalarda noaniqliklar saqlanib kolmoqda.

Shuningdek, iqtisodiyotga elektr energiyasi va gazni uzluksiz yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish dolzarbligining oshib borayotganligi 2020 yilda ular narxlarining sezilarli darajada oshishini talab etishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, asosiy prognozni qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin. Biroq, ushbu omil bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha keyingi yig‘ilishlarda e’tiborga olinadi.

Transport infratuzilmasi va bozorlardagi raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyotning turli sohalarini gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiyaning barqaror sekinlashishining asosiy omili hisoblanadi.

Markaziy bank inflyatsion omillar xususiyati va xatarlarni diqqat bilan o‘rganib boradi, inflyatsiyaning prognoz dinamikasiga nisbatan mustahkam ishonch hosil bo‘lgan sharoitda asosiy stavkani pasaytirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi”, deyiladi ma’lumotda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1058

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing