2020 yilda dunyo harbiy sohaga qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Ochiq manbali mudofaa ma’lumotlari bo‘yicha tahlilchi “Janes” tahlilchilarining so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda global mudofaa xarajatlari 1,9 foizga o‘sgan. O‘tgan yili umumiy xarajatlar 1,93 trillion dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda ular 1,8 trillion dollar miqdorida edi. 2010 yilda xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 180 milliard dollarga kam bo‘lgan.

2020 yilda xarajatlarning eng katta o‘sishi Yevropa mamlakatlarida ko‘ringan – ular bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 5,6 foizga yuqori. 2021 yilda xarajatlarning o‘sishi biroz pasayadi, deydi tahlilchilar. Bu yil mudofaa xarajatlarining pasayishi COVID-19 pandemiyasiga bog‘liq bo‘ladi, ammo pasayish neft kabi tovarlarning eksportiga bog‘liq bo‘lgan mintaqalar bilan cheklanib qoladi va kuchli o‘sish kuzatiladigan mintaqalarning ko‘payishi bilan qoplanadi.

Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Institutining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi 25 ta eng yirik qurol ishlab chiqaruvchilar orasida Rossiya kompaniyalarining ulushi 3,9 foizni tashkil etgan (2019 yilda). Xuddi shu yili Rossiya mudofaaga eng ko‘p mablag‘ sarflagan beshta mamlakat qatoriga qaytgan – Stokgolm Tinchlik Tadqiqot Instituti hisobotida aytilishicha, Moskva harbiy xarajatlarga 65,1 milliard dollar sarflagan. Kuchli beshlikni AQSH, keyin Xitoy, Hindiston, Rossiya va Saudiya Arabistoni boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing