2020 yilda dunyo kimlarni yo‘qotdi: vafot etgan mashhurlar

Olam 33506
image

Joriy yilda yo‘qotishlar so‘zsiz qo‘p bo‘ldi. Qaysidir ma’noda koronavirus ham bunga o‘z hissasini qo‘shdi. Nima ham derdik, o‘lim haq, jon esa omonat. Bu dunyoda barchamiz mehmon, faqat ba’zilar olamni tark etsa-da abadiy “mezbon” bo‘lib qoladi, nomlari qo‘p bora esga olinadi. 

Quyida 2020 yilda dunyoni tark etgan, lekin hayotligi davrida o‘zidan iz qoldirgan jahonga taniqli aktyor, sportchi va siyosatchilarni birgalikda eslaymiz.

Kobi Brayant

Afsonaviy basketbolchi joriy yilning 26 yanvar kuni 41 yoshida AQSHning Kaliforniya shtati janubidagi Kalabasas shahrida yuz bergan aviahalokat qurboni bo‘ldi.

Kobi Bin Brayant NBA (Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi)ning sobiq o‘yinchisi bo‘lib, 20 mavsum davomida bir jamoa – “Los-Anjeles Leykers” uchun o‘ynagan va uning tarkibida 5 marta NBA chempioni bo‘lgan. Sportchi shuningdek, AQSH terma jamoasi safida 2008 va 2012 yillarda Olimpiya chempioni bo‘lgan.

Abdulmannap Nurmuhamedov

UFC jangchilarining umumiy reytingida birinchi o‘rinda turgan Habib Nurmuhamedovning otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmuhamedov joriy yilning 3 iyul kuni vafot etdi.

U o‘g‘li bilan bir qatorda UFC’ning bir necha sportchilari, xususan, Islom Maxachev va Umar Nurmuhamedovni tarbiyalagan. 2019 yilning sentyabr oyida Abdulmannap Nurmuhamedov jangovar sambo bo‘yicha eng ko‘p chempionni tayyorlagan murabbiy sifatida Rossiya Rekordlar kitobiga kiritilgan.

“Men o‘limdan qo‘rqmayman, chunki o‘lim haq. Ertaga bizni dafn qilishlariga bugun tayyor turishimiz kerak”, derdi Abdulmannap Nurmuhamedov

Diyego Maradona

Argentinalik afsonaviy futbolchi 25 noyabr kuni 60 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. 

Diyego Maradona “Barselona”, “Napoli”, “Sevilya” safida to‘p surgan. 1977-1994 yillarda Argentina terma jamoasida o‘ynagan va 1986 yilda jahon chempioni bo‘lgan. 1990 yilgi Jahon chempionatida esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 

FIFA saytidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.

Beqiyos ijrolari bilan yodda qolgan aktyorlar

Irfon Xon

Bollivud va Gollivud aktyori joriy yilning 29 aprel kuni 53 yoshda vafot etdi. Hindistonlik aktyorning o‘limiga to‘g‘ri ichak infeksiyasi sabab bo‘lgan. 

Irfon Xonni mashhur qilgan ilk film 1998 yilda suratga olingan “Salom, Bombey” edi. Uning ishtirokidagi mashhur filmlar sirasiga “Xarobadan chiqqan millioner”, “Nyu-York, seni yaxshi ko‘raman”, “Pi hayoti”, “Yangi o‘rgimchak odam”, “Yura davri hayoti”, “Inferno” va boshqalar kiradi.

Rishi Kapur

Bollivudning yana bir taniqli aktyori Rishi Kapur joriy yilning 30 aprelida 67 yoshda Mumbaydagi klinikalardan birida vafot etdi. Aktyor saraton kasalligiga chalingandi.

Rishi otasi Raj Kapurning 1973 yilda suratga olingan “Bobbi” filmidagi bosh roli bilan katta shuhrat qozongan. U “Qasoskor”, “Amar, Akbar, Antoni”, “Sevgi iztirobi”, “Ko‘r muhabbat” va boshqa rollari bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish.

Chedvik Bouzman

“Qora Pantera”dagi roli bilan mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor Chedvik Bouzman joriy yilning 28 avgust kuni 43 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi. 

Bouzmanga 4 yil oldin ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan, lekin u buni ommaga ma’lum qilmagan. Aktyor kasalligiga qaramasdan shu vaqt ichida bir qator filmlarda rol ijro etdi, intervyular berdi, mahorat darslari o‘tdi. Go‘yo hech narsa bo‘lmagandek yashashda davom etdi. Vaqti tugaganda esa oilasi davrasida jon berdi.

U “Kapitan Amerika: Jahon urushi”, “Marshall”, “Qasoskorlar: Abadiyat urushi” , “Qasoskorlar: Final” , “21 ko‘prik” singari filmlarda rol ijro qilgan.

Boris Klyuyev

Rossiya halq artisti joriy yilning 1 sentyabr kuni 77 yoshida saraton kasalligi tufayli vafot etdi.

“Uch mushketyor” hamda “Sherlok Xolms va Doktor Vatsonning sarguzashtlari” filmlaridagi ijrolari bilan mashhur bo‘lgan edi. 

So‘nggi yillarda u “Voroninlar”, “Fizruk”, “Chiroqlari singan ko‘chalar” teleseriallaridagi rollari bilan yanada tanilgan.

Dayana Rigg

“Taxtlar o‘yini” serialidagi roli bilan mashhur bo‘lgan aktrisa joriy yilning 10 sentyabr kuni 83 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi.

Dayana faoliyati davomida 70 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Ulardan yana bir mashhuri – 1969 yilda suratga olingan “Janobi oliylarining maxfiy xizmati” filmida josus Jeyms Bondning qiz o‘rtog‘i roli edi.

Shon Konneri

Uмер легенdaрный голливudский актер Shon Konneri. Емu было 90 лет

Shotlandiyalik Gollivud yulduzi, “Agent 007” filmida josus rolini ijro etib tanilgan aktyor joriy yilning 31 oktyabr kuni olamdan o‘tdi.

Konneri 70 dan ortiq filmda rol o‘ynagan. U “Oskar”, ikki karra BAFTA, "Oltin globus"ning esa uch karra sovrindori bo‘lgan.

Armen Jigarxanyan

SSSR xalq artisti, armanistonlik mashhur aktyor va rejissyor 14 noyabr kuni 85 yoshida vafot etdi. 

Faoliyati davomida Jigarxanyan "Salom, men sizning xolangizman", "Ali Bobo va qirq qaroqchi", "Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi"," Tehron-43" kabi 200 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Aktyor 1985 yilda SSSR xalq artisti mukofotiga munosib topilgan.

Ennio Morrikone

6 iyul kuni dunyoga mashhur bastakor, “Maestro” san’atiga ulkan hissa qo‘shgan Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi. 

U faoliyati davomida 100 dan ortiq musiqalarni bastalagan. Uning musiqalari ko‘plab filmlarda foydalanilgan. Bastakor Pazolini, Bertoluchchi, Tornatore, Almodovar filmlari ustida ishlagan. Morrikone jami 500 film, seriallar uchun musiqa bastalagan.

Jahon arenasini tark etgan siyosatchilar

Qosim Sulaymoniy

Prezident Donald Tramp buyrug‘i bilan Pentagon tomonidan o‘tkazilgan amaliyot paytida AQSH havo kuchlarining maqsadli hujumi natijasida joriy yilning 3 yanvar kuni Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilildi.

Qosim Sulaymoniy boshchilik qiladigan “Al-Quds” bo‘linmasi Eron armiyasining elitasi hisoblanadi. Bo‘linma mamlakatdan tashqarida turli operatsiyalar o‘tkazib keladi.

Qobus bin Said 

Ummon sultoni Qobus bin Said joriy yilning 10 yanvar kuni 79 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi.

Yarim asr davomida taxtda o‘tirgan Sulton Qobus 1970 yilda o‘z otasi Said bin Taymurni taxtdan ag‘darib hokimiyatni egallagan edi. 

Daniel arap Moi 

Afrikadagi Keniya davlatining sobiq Prezidenti Daniel arap Moi joriy yilning 4 fevral kuni 95 yoshida vafot etdi.

Keniyaning ikkinchi Prezidenti bo‘lgan Moi 1978-2002 yillarda mamlakatni boshqargan.

Husni Muborak

Misr Arab Respublikasining sobiq Prezidenti Husni Muborak joriy yilning 25 fevral kuni vafot etdi. Husni Muborak bir oy avval oshqozonidagi o‘simtani olib tashlash uchun operatsiya qilingan edi.

Muborak Misrda 30 yil – 1981 yildan 2011 yilgacha hokimiyatda bo‘lgan. 2011 yil fevral oyida, ommaviy norozilik namoyishi natijasida hokimiyatdan ketgan edi.

Benjamin Mkappa

Afrikadagi yana bir davlat Tanzaniyaning Sobiq Prezidenti Benjamin Mkappa joriy yilning 24 iyul kuni 81 yoshida vafot etdi. 

Mkapa – 1995-2005 yillarda mamlakatni boshqargan Tanzaniyaning uchinchi Prezidenti. Prezidentlik muddati tugagandan so‘ng Mkapa mamlakat Tashqi ishlar vazirligi homiyligi ostida diplomatik faoliyat bilan shug‘ullangan.

Li Denxuey

Tayvan sobiq Prezidenti Li Denxuey joriy yilning 30 iyul kuni 97 yoshida vafot etdi.

Denxuey 1988 yildan 2000 yilgacha Tayvanga rahbarlik qilgan. O‘tkazgan islohotlari natijasida, 1996 yilga kelib Li Denxuey xalq tomonidan saylangan Tayvanning birinchi Prezidentiga aylangan.

Pranab Mukerji

Hindistonning sobiq Prezidenti Pranab Mukerji joriy yilning 31 avgust kuni 84 yoshida vafot etdi. 

2012-2017 yillardagi Hindistonning 13-prezidenti bo‘lgan Mukerji Moliya vaziri, Mudofaa vaziri va Tashqi ishlar vaziri bo‘lib ham ishlagan.

Rut Beyder Ginzburg

Скончalась сtaрейший член Верховного sudа США Rut Beyder Ginzburg -  Газеta.Ru | Новости

Amerika Qo‘shma Shtatlari Oliy sudining eng keksa a’zosi, 87 yoshli Rut Beyder Ginzburg 18 sentyabr kuni saraton kasalligidan vafot etdi. AQSHda uning o‘limi munosabati bilan motam e’lon qilindi.

Ginzburg AQSH tarixida Oliy sud sudyasi bo‘lgan ikkinchi ayol edi. Ginzburg 1993 yilda sobiq Prezident Bill Klinton tomonidan Oliy sudga tayinlangan va 27 yildan ortiq vaqt davomida uni egallab kelgan.

Saboh al-Ahmad al-Saboh

Uмер эмир Кuвейta

Kuvayt amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Saboh joriy yilning 29 sentyabr kuni 91 yoshida vafot etdi.

Shayx Saboh bir necha o‘n yil mobaynida Kuvayt tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan va 1990-1991 yillardagi Iroq bilan urushdan so‘ng ushbu mamlakatga yaqinlashish uchun faol harakat qilgan. 

Quvayt shahzodasining salomatligi yomonlashganidan so‘ng Saboh 2006 yilda amir lavozimiga tasdiqlangan. Saboh ayollar huquqi, so‘z erkinligi va yig‘ilishlar o‘tkazish huquqi masalalarida demokratik islohotlar o‘tkazgan.

Sobiq Mali Prezidenti Amadu Tumani Ture joriy yilning 10 noyabr kuni 72 yoshida vafot etdi.

Amadu Tumani Ture 1991-1992 va 2002-2012 yillarda mamlakatni boshqargan. Demokratik islohotlariga qaramay harbiy inqilob natijasida Ture 2012 yilda hokimiyatdan ag‘darilgan edi. 

Xalifa bin Salmon Al-Xalifa

Bahrayn Bosh vaziri Xalifa bin Salmon Al-Xalifa joriy yilning 11 noyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. U eng ko‘p bosh vazirlik qilgan amaldor sifatida ko‘riladi.

Xalifa bu lavozimni mamlakat mustaqil bo‘lganida, ya’ni 1971 yildan buyon egallab kelgan edi. U mamlakat mustaqil bo‘lishidan avval ham yuqori lavozimda ishlagan.

Muhsin Faxrizoda

Eronning yadro dasturini ishlab chiqqan yuqori martabali fizik olim Muhsin Faxrizoda joriy yilning 27 noyabr kuni Tehron yaqinida hujum qurboni bo‘ldi.

Fizik olimning o‘ldirilishi ortidan Eron AQSH va Isroilni ayblab, ularni har qanday hodisaga tayyor turishga chaqirdi. 

Faxrizoda Eron Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlarining katta ilmiy xodimi hamda Fizikaviy tadqiqotlar markazi rahbari bo‘lgan. Shuningdek, u Eronning COVID-19 ga qarshi kurash dasturining bosh ilmiy koordinatori bo‘lgan. 

Valeri Jiskar d'Esten

Fransiyaning sobiq Prezidenti Valeri Jiskar d'Esten 2 dekabr kuni vafot etdi. 94 yoshli sobiq davlat rahbarining o‘limiga koronavirus asoratlari sabab bo‘lgan. 

Jiskar d'Esten 1974 yildan 1981 yilgacha Fransiya Prezidenti bo‘lgan. U prezidentligi davrida saylovda ishtirok etish yoshini 18 yoshga tushirgan, ajrimlar jarayonini soddalashtirgan, nikohsiz tug‘ilgan farzandlar huquqlarini kafolatlagan. U, shuningdek, keyinchalik “Katta yettilik” paydo bo‘lishiga olib kelgan 5 ta rivojlangan davlat – AQSH, Yaponiya, Germaniya, Britaniya va Fransiya yetakchilari uchrashuvi tashabbuskori bo‘lgan. 

Tabare Vaskes

Urugvayning sobiq Prezidenti Tabare Vaskes joriy yilning 6 dekabrida 80 yoshida vafot etdi. 

2005-2010 va 2015-2020 yillarda prezidentlik qilgan, mutaxassisligi bo‘yicha onkolog shifokor bo‘lgan Tabare Vaskes 2019 yil avgustda o‘zida o‘simta aniqlanganini ma’lum qilgan. U davolanishiga, jumladan nur terapiya olishiga qaramay, davlat rahbari majburiyatlarini prezidentlik muddatining oxirigacha – 2020 yil 1 martgacha bajarishni davom ettirgan. So‘ngra u mamlakat boshqaruvini yangi Prezident Luis Lakale Pouga topshirgan.
 

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 702
Reyting: 3
t
×