2020 yil eng ko‘p tug‘ilish qaysi hududda qayd etildi?
Jamiyat
−
18 yanvar 2021
6883Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, tug‘ilishlar soni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Respublika hududlari orasida Samarqand viloyatida eng ko‘p ya’ni, 101,4 ming tug‘ilish qayd etilgan.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 39,3 ming kishi;
- Andijon – 81,4 ming kishi;
- Buxoro – 41,5 ming kishi;
- Jizzax – 38,0 ming kishi;
- Qashqadaryo – 90,2 ming kishi;
- Navoiy – 23,8 ming kishi;
- Namangan – 74,7 ming kishi;
- Samarqand – 101,4 ming kishi;
- Surxondaryo – 74,6 ming kishi;
- Sirdaryo – 21,0 ming kishi;
- Toshkent – 66,1 ming kishi;
- Farg‘ona – 93,0 ming kishi;
- Xorazm – 41,9 ming kishi;
- Toshkent shahri – 54,9 ming kishi.
LiveBarchasi