“2020 yil brendi” mukofoti uchun ochiq ovoz berish boshlandi
Biznes
−
06 may 2021
5421Joriy yilning 22 may kuni “Milliy marketing markazi” korxonalar assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra IV “2020 yil brendi” mukofoti bilan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra, sevimli brend uchun ovoz berish imkoniyati har bir iste’molchiga beriladi. Har yilgi “Yil brendi” mukofoti bilan eng faol kompaniyalar o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bozoridagi muvaffaqiyatli marketing ilgarilatishi uchun taqdirlanadi.
Taqdirlash III MAKON Marketing Forum xalqaro marketing biznes-forumi doirasida o‘tkaziladi.
“O‘tgan yil hamma uchun murakkab keldi. O‘tgan yilgi onlayn-tadbirlarimizda biz ko‘plab kompaniyalarning ishiga ta’sir ko‘rsatgan inqirozdan chiqish borasida biznes uchun tavsiyalar bergandik. Ochiq ovoz berishni e’lon qilishdan oldin biz bu yil ovoz berishga aynan qanday toifalarni taklif etish yuzasidan muhokama va tahlil o‘tkazdik. Natijada pandemiyaga qaramay, faol ishlashda davom etayotgan brendlarning 24 ta toifasi yuzaga keldi. Bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, Mukofot toifalari har yili o‘zgarib turadi. Bu gal Mukofotda ko‘ngilochar bog‘lar, SKM, fitnes-markaz kabi toifalar qatnashmaydi. Buning sababi hammaga tushunarli, deb o‘ylayman. Ammo, yangi toifalar qo‘shildi: biznes-kurslar, OTM, yetkazib berish xizmatlari, xususiy tibbiy markazlar va boshqalar. Vaziyatga qaramay, Mukofotning bosh vazifasi o‘zgarishsiz qoladi – mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlayotgan kompaniyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish. Bundan tashqari, biz kompaniyalarning o‘z tovar va xizmatlarini ilgarilatishlaridagi samarali uslublarga e’tiborni qaratish, iste’molchilarning brendlar haqidagi fikrlarini bilish, iste’molchilar ovoz berishi barobarida taqdim etilayotgan xizmatlar va taklif etilayotgan ommaviy iste’mol tovarlari sifatini baholovchi mustaqil professional hamjamiyat sifatida namoyon bo‘layotgan Assotsiatsiya ekspertlari va hamkorlarining fikrlarini jamlash niyatidamiz,- qayd etdi Mukofot tashkilotchisi, “Milliy marketing markazi” korxonalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili, III “2019 yil brendi” mukofoti doirasida birinchi bor (va katta muvaffaqiyat bilan) iste’molchilar onlayn ovoz berishi o‘tkazilgandi. Mukofotda 100dan ziyod brendlar qatnashgan, ovoz berishda 150 000 dan ortiq kishi ishtirok etgan va 20 ta toifa bo‘yicha g‘oliblarni aniqlagan edi.
Joriy yilda iste’molchilar ovoz berishi boshlanib bo‘ldi. U 2021 yil 16 apreldan 14 maygacha o‘tkaziladi. Ovoz berish @makon_brand_bot Telegram-botida o‘tmoqda. Ovozlar sonining joriy holati nmc.uz saytida aks etadi va istalgan shaxs, ochiq ovoz berish kechayotgan davrda, “real vaqt” rejimida uning sevimli brendi jadvalda qaysi o‘rinda ekanligini kuzatib borishi mumkin.
Mukofotda ovoz berish uchun quyidagilar zarur: @makon_brand_bot botida ro‘yxatdan o‘tish, toifalardan birini tanlash, o‘z ovozingizni bermoqchi bo‘lganingiz brendni topish va ovoz berish. Shu tariqa o‘z sevimli brendingizni tanlashingiz va barcha 24 ta toifada ovoz berishingiz mumkin:
Bank xizmatlari
Sug‘urta kompaniyalari
Developerlar
Oliy ta’lim muassasalari
Biznes-kurslar
Chet tillar kurslari va o‘quv markazlari
Mobil operatorlar
To‘lov tizimlari
Internet-provayderlar
Yengil avtomobillar
Maishiy texnika
Bo‘lib to‘lash yoki kreditga maishiy texnika sotish do‘konlari
Tezpishar taom restoranlari
Oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari
Qahvaxonalar
Qandolat mahsulotlari
Energetik ichimliklar
Shirin-gazlangan ichimliklar
Mineral ichimlik suvi
Kolbasa mahsulotlari
Oziq-ovqat chakana savdosi
Yangiliklar internet-saytlari
Yuvish vositalari
Xususiy tibbiy markazlar
Telegram-botdagi ochiq ovoz berish texnik jihatdan turli hujumlar va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlardan qanchalik himoyalanganligi haqida biz bot ishlab chiquvchilari – ClickMe kompaniyasi rahbari Timur Boqiyev va REDFOX IT-agentligi rahbari Shoyadbek Abdurasulovdan so‘radik.
“Bu yil botni ishlab chiqishda o‘tgan yilgi tajribani inobatga oldik va botni ovoz berish uchun qulay qilishgagina emas, balki ishonchli bo‘lishiga ham ahamiyat berdik. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin har bir ovoz beruvchiga verifikatsiyadan o‘tish va nazorat savoliga javob berish taklif etiladi. Bu ovoz berishda faqat real iste’molchilarni qoldirish imkonini beradi. Ovoz beruvchilar uchun qulaylik – istalgan paytda ovoz berishni davom ettirish imkoniyati yaratilgan. Bu haqda botda maxsus eslatma keladi. Biz katta funksionalga va bir necha bosqichli himoyaga ega juda ishonchli bot yaratdik. Butun ovoz berish jarayonida, haqiqatan ko‘proq iste’molchilar ovoz berganlar g‘olib bo‘lishlari uchun barcha jarayonlarni monitoring qilib boramiz”.
Ochiq ovoz berishdan tashqari, parallel ravishda Assotsiatsiya hamkorlari va ekspertlari o‘rtasida so‘rov ham o‘tkaziladi, unda 200 dan ziyod respondentlar qatnashadilar. Prfoyessional hamjamiyat o‘rtasidagi so‘rov natijalari bo‘yicha ham barcha 24 toifa bo‘yicha sovrinlar topshiriladi.
“DE FACTO marketing agentligimiz so‘rovni o‘tkazishda 2018 yildagi ilk Mukofotdan buyon qatnashib keladi. Ovoz berish natijasi o‘laroq, iste’molchilarimiz va brendlarimiz juda qimmatli va xolis axborot hamda yil bo‘yi qilgan ishlarining bahosini oladilar, deb o‘ylayman. Iste’molchilar O‘zbekistonda u yoki bu yo‘nalishda tovar va xizmatlar taklif etayotgan nechta brend mavjudligini yaqqol ko‘radilar, brendlar esa, o‘z faoliyatlari matlabi, ya’ni bevosita iste’molchilaridan “qayta aloqa”ga ega bo‘ladilar. Boshqa tomondan, bu jiddiy tadqiqot bo‘lib, eng yaxshilarni qayd etish va rag‘batlantirish, yetakchilarni aniqlash imkonini beribgina qolmay, aynan faol raqobat mavjud bo‘lgan va buning samarasi o‘laroq qiziqarli marketing yechimlari kuzatiladigan B2C segmenti brendlari qanday ishlayotganligini ham ko‘rsatadi. Bu yil biz, an’anaga ko‘ra, Assotsiatsiya hamkorlari va ekspertlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazamiz. Respondentlar va Assotsiatsiya professional hamjamiyati a’zolari soni yildan-yilga o‘sib bormoqda va bu bizni quvontiradi. So‘rovimizda birinchi bor qatnashayotgan kompaniyalar va ekspertlar ham mavjud. Bu yil ham vazifamiz o‘zgarishsiz qoladi: ovoz berishni xolis va beg‘araz o‘tkazish. Biz bunga tayyormiz”,- ishontirib aytadi DE FACTO marketing agentligi direktori Aziz Bo‘riyev.
“2020 yil brendi” Mukofoti 24 ta toifasining har biridagi g‘oliblardan tashqari, 22 maydagi Marosimda “Yil shaxsi”, “Marketing va reklamaga qo‘shgan hissasi uchun”, “Yil yangiligi” maxsus sovrinlari ham topshiriladi.
Ovoz berish allaqachon boshlangan. O‘zingiz unda qatnashing va hamkasblar hamda do‘stlarni ham taklif eting, sizning ovozingiz sevimli brendingizni qo‘llab-quvvatlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin!
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
LiveBarchasi