2020 yil 1 yanvargacha qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotuvchilar QQSdan ozod qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 4 aprel kuni “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik. 

Qarorga muvofiq, g‘alla o‘rish va paxta terish texnikalarini yetkazib berishni moliyalashtirish Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 7 yildan 10 yilgacha bo‘lgan va qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan miqdordagi muddatli qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 

Mahalliy traktor, g‘alla va paxta seyalkalari, omoch korpuslarini xarid qilish uchun kredit va lizing shartnomasi bo‘yicha foiz xarajat stavkasining 10 foizlik punkti miqdori byudjet hisobidan qoplanadi. 

2019 yilda eksperiment tariqasida Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi paxta terish mashinalari uchun xarajatlarning 30 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. 

“Xalq banki” va “Mikrokreditbank”larning ustav kapitaliga yo‘naltirilgan mablag‘larning 30 foizi 2019 yilda mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish uchun kredit ajratishga yo‘naltiriladi.

2020 yil 1 yanvargacha mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotishdan tushgan mablag‘lar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mahalliylashtirishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJning 10 ta xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushlari korxonalarning asosiy faoliyati saqlab qolingan holda sotiladi.

Hududiy “Agroservis MTP” MCHJlarning 86 ta mashina-traktor parklaridagi ulushlari tadbirkorlarga sotiladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Qishloq xo'jaligi texnikalari

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar