2019 yilda O‘zbekistonda nechta masjid ochildi?

Bu qiziq

image

O‘tgan yili O‘zbekistonda 10 ta yangi jome masjid ochildi, shu bilan masjidlar soni 2066 taga yetdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahrida ulug‘ allomalar nomidagi “Suzuk ota”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Fayzulla xo‘ja o‘g‘li Murod hoji”, Surxondaryo viloyatida “Hakim Termiziy”, “Shayx Shamsiddin”, “Imom Nizomiddin Sangardakiy”, Namanganda “Muhammad al-Amin”, Farg‘onada “Chiligijiyda”, Navoiyda “Abu Bakr Siddiq” va Toshkent viloyatida “Abu Hurayra” masjidlari hamda Buxorodagi Qorovulbozor tumanida “Abdulloh ibn Muborak” nomli yangi jome masjidlar ish boshlagan. 

Shu bilan birga, respublika bo‘ylab 30 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 60 ta masjid kapital ta’mirdan chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonmon Alimov 70 yoshni qarshilagani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing