2019 yilda O‘rta yer dengizida qancha migrant cho‘kib ketgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Yil boshidan buyon O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga o‘n yetti mingdan ortiq migrant va qochqinlar kelgan. 

2019 yil boshidan buyon O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga o‘n yetti mingdan ortiq migrant va qochqinlar kelgan.  Ularning 440 ga yaqini halok bo‘lgan yoki bedarak ketgan. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lum qilgan (MOM).

“8 may holatiga ko‘ra,  dengiz orqali Yevropaga 17 000 migrant va qochqin kelgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 30% ga ko‘pdir. 2019 yilda Yevropaga 24 492 migrantlar kelgan edi”, – degan  Xalqaro migratsiya tashkiloti xodimi Joel Millman Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Migrant va qochqinlarning aksariyati Gretsiya (7839) va Ispaniyaga (7202) ko‘chib kelishgan. Italiyaga 873 kishi, qolgani Malta va Kiprga ko‘chib o‘tgan.
Joriy yilning 1 yanvaridan 8 mayiga qadar dengizda halok bo‘lgan va bedarak ketgan migrant va qochqinlar soni 443 kishini tashkil etgan. 2018 yilning shu davrida halok bo‘lganlari soni 872 kishidan oshib ketgan edi. 

Yil boshidan beri jahon bo‘yicha halok bo‘lgan migrant va qochqinlar soni 878 tani tashkil etadi. Shundan 106 kishi AQSH va Meksika chegarasida, 74 kishi Karib dengizida va qolgan qismi Afrika davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing