2019 yilda iste’mol bozoridagi inflyatsiya necha foiz bo‘lgani ochiqlandi
Jamiyat
−
02 yanvar 2020
55442019 yilning dekabrida iste’mol narxlari darajasining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,7 foizni tashkil qildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.
2018 yilning dekabrida tovarlar va xizmatlari oy davomida o‘rtacha 2,1 foizga ko‘tarilgan.
Qayd etilishicha, 2019 yil yanvar-dekabr oylarida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar naxlari 15,2 foizga qimmatlashdi. O‘z navbatida 2018 yi davomida iste’mol sektoridagi narx va tariflarning o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,3 foizni tashkil etgan.
O‘rtacha oylik narx indekslari o‘sish sur’atining1 hisoblanish tartibiga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-dekabr oylari davomidagi iste’mol narxlari indeksi 1,2 foizni tashkil etgan. Shunday qilib, dekabr oyi davomida umumiy iste’mol narxlari indeksi 2019 yilning yanvar-dekabr oylaridagi o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati ko‘rsatkichidan 0,5 darajaga yuqori bo‘ldi.
2019 yil davomidagi narxlarning eng yuqori o‘sishi va pasayishi avgust (o‘sish sura’ti 2,9 foiz) hamda iyun (pasayish darajasi 0,5 foiz) oylariga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, joriy yilning dekabr oyidagi iste’mol narxlari indeksi o‘sish sur’ati 2019 yilning yanvar-dekabr oyidagi maksimal ko‘rsatkichdan 1,2 darajaga past, minimal natijadan 2,2 darajaga yuqori bo‘ldi.
2019 va 2018 yillarning o‘n ikki oyi davomidagi qisqa muddatli oylik umumiy iste’mol narxlari indeksi taqqoslash natijalariga ko‘ra, ko‘rsatkichlar orasidagi maksimal chekinish yana avgust oyiga to‘g‘ri keladi (2019 yildagi 102,9 foizga qarshi 2018 yildagi 100,3 foiz). Dekabr oyidagi farq esa 0,4 darajani tashkil etgan (2019 yil dekabrdagi 101,7 foizga qarshi 2018 yil dekabr oyidagi 102,1 foiz).
LiveBarchasi