2019/2020 o‘quv yilidan yangi tibbiy ta’lim yo‘nalishlari ochiladi

Jamiyat

image

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020 o‘quv yilidan klinik psixologiya, biotibbiyot muhandisligi, dori vositalarini standartlash, sertifikatlash va sifat menejmenti kabi bir qator yangi ta’lim yunalishlar ochiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Tibbiy ta’limdagi islohotlar — tibbiyot sohasining taraqqiyot mezonlaridan biri” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi

Shuningdek, endilikda tibbiyot kollejlarida ham o‘qitish muddalarni 3 yildan 2 yilga qisqartirilib, feldsher-laboratoriya ishi, feldsherlik ishi va tibbiy-ijtimoiy ishi kabi yangi ta’lim yo‘nalishlarida malakali o‘rta tibbiyot kadrlar tayyorlanadi. 

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab respublikaning tibbiyot oliy ta’lim muassasasalari va filiallarida Rossiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xindiston kabi xorijiy davlatlarning 20 dan ortiq bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dastur asosida xalqaro fakultetlar va yangi o‘quv yilidan Rossiyaning N.I. Priogova nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti filialini etishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Akfa universiteti hamda Aju universitetlari ham tashkil etildi.

Bundan tashqari, 2019–2022 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich o‘quv-simulyatsion markazlar tashkil etish hamda 2020 yildan boshlab, har yili tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari orasida klinik fanlar bo‘yicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM tibbiyot

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing