20 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan mafiya a’zosini Google Maps fosh qilib qo‘ydi

Olam

image

O‘nlab yillar davomida qidiruvda bo‘lgan italiyalik mafiya boshlig‘i Ispaniyada Google Maps ilovasining ob’ektiviga tushib qolganidan so‘ng, hibsga olindi.

61 yoshli Sitsiliya mafiyasi boshlig‘i Joakkino Gammino, o‘z ismini Manuelga o‘zgartirib Ispaniyaning Galapagar shahrida yashirinib kelayotgan bo‘lgan.

Gap shundaki, shaharlarining 3D o‘lchamli suratlari asosida dunyo xaritasini tuzuvchi “Google Street View” ilovasida oziq-ovqat do‘konining devoriga suyanib turgan shaxs politsiya e’tiborini tortgan. Izquvarlar Google xaritada suratga tushib qolgan shaxs yillar davomida qidiruvda bo‘lgan Joakkino Gammino ekanini gumon qilgan va u olib borilgan maxsus operatsiya mobaynida qo‘lga olingan.  

2002 yil Rim qamoqxonasidan qochishga muvaffaq bo‘lgan Gammino ozodlikda ham jinoyat qilishda davom etgan. U qidiruvda bo‘lgan davrida ham qotillikni amalga oshirgani uchun unga nisbatan umrbod qamoq jazosi e’lon qilingan. 

Ma’lum qilinishicha, u “Stidda” nomi bilan tanilgan Sitsiliya mafiya guruhining a’zosi va Italiyada ashaddiy jinoyatlari uchun qidiruvdagi gangsterlardan biri bo‘lgan.

Sitsiliya politsiyasi Gamminoning Ispaniyada ekanini taxmin qilib kelgan.  Jinoyatchini ispaniyalik Manu nomi bilan tanilgan mafiya a’zosi bilan gaplashib turgani aks egan xaritadagi surati fosh qilib qo‘ygan. 

Politsiya ispaniyalik mafia Manuga tegishli bo‘lgan “Cocina de Manu” restoranining Facebook’dagi sahifasini ko‘zdan kechirganida, Gamminoning oshpaz kiyimida aks etgan surati sahifaga joylanganiga guvoh bo‘lgan. Qizig‘i, restoran menyusidan Sitsiliya taomlari ham joy olgan. 

Gammino 2021 yil 17 dekabr kuni hibsga olingan bo‘lsa-da, bu haqda faqat 2022 yil 5 yanvar kuni “La Repubblica” nashri xabar bergan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

913

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing