20 yilda o‘qituvchilarga e’tibor qaratmadik – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 dekabr kuni o‘qituvchilar bilan rejalashtirgan norasmiy muloqoti oldidan yangi avlod darsliklari bilan tanishdi. 

Davlat rahbariga o‘quvchilar zamonaviy gadjetlar orqali qanday bilim olayotgani namoyish etilgan. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda bolalar bilan suhbatlashgan. O‘quvchilar, xususan, alohida ta’limga muhtoj bolalar dars jarayonlarini qanday o‘zlashtirayotgani bilan qiziqqan.

U ta’lim sohasidagi islohotlar haqida so‘z ochdi. Prezident Yangi O‘zbekistondagi tashabbuslarni, ayniqsa, ta’lim bo‘yicha islohotlarni chekka hududlarga ham kirib borishga harakat qilinayotgani haqida gapirdi.

“Biz avvalo ustozning, muallimning obro‘sini ko‘tarishimiz kerak. Aytish kerakki, biz 20 yilda o‘qituvchilarga e’tibor qaratmadik. Bundan kim yutqazdi? Albatta, biz. 

Navoiyga borganimda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdim. Ulardan “sizlarni nima qiynayapti?”, deb so‘radim. Ular javob bera olmadi. Savolga o‘zim javob berdim: “korxonalardagi yangi texnika, asbob-anjomlarni ishlatishda qiyinchiliklar bo‘lyaptimi?”, degan edim, bir yigit bunga javoban “bilim yetishmayapti”, dedi. Bu ham haqiqat”, deydi Prezident.

Davlat rahbari har bir inson o‘zining ertanggi kuni bo‘lgan farzandlarni muallimga ishonib topshirishi haqida ham gapirdi.

“Oxirgi yillarda ta’limda o‘qituvchining kayfiyati, dars berishi o‘zgargani ham adolatli haqiqat. Men o‘zim ham ta’lim berganman, bilaman bu sohani. Oliy Majlisga yo‘llangan murojaatnomada aytilgan oltita yo‘nalishni bajarish azob. Lekin bugun qiynalmasak, ertaga natija bo‘lmaydi”, deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing