2,6 mlrdlik qo‘lyozmalar “uxlatilgan”. BP O‘zMU mansabdorlariga jinoyat ishi ochdi

Jamiyat

image

Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII – XIX asrlarga oid qiymati 2,6 milliard so‘mlik 60 ga yaqin qo‘lyozma va asarlar talon-taroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII – XIX asrlarga oid qiymati 2,6 mlrd so‘mlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan 56 dona qo‘lyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon-toroj qilingani va boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 19 fevral kuni universitetning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, shuningdek, Axborot resurs markazi direktori va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Toshkent shahar prokuraturasi tergov harakatlariga kirishgan. Tergov ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qo'lyozmalar

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar