19 yil oldin odam o‘ldirganlikda ayblangan ayol qo‘lga tushdi 

3-sahifa

image

Qozog‘istonda 2003 yilda qasddan odam o‘ldirgani sabab  qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 1962 yilda tug‘ilgan ayolga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2003 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan.

Biroq u o‘tgan davr mobaynida tergov organlaridan yashirinib yurgan.

Joriy yilning 11 iyun kuni esa ayol Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Qozog‘iston politsiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida Shimkent shahri hududida qo‘lga olingan va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

845

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing