18 yoshli fuqaro Turin talabasiga bir musht urib, o‘ldirib qo‘ydi  

3-sahifa

image

Internet tarmog‘ida 18 yoshli talabaning vafoti to‘g‘risida xabar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 25 noyabr kuni taxminan soat 13:00 da Turin politexnika universitetining darvozasi yonida bir nechta yosh yigitlar uchrashishgan. Kelishmovchilik ortidan 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (Turin politexnika universiteti talabasi) yuziga musht bilan urgan. Zarbadan so‘ng, Sh.R. yerga yiqilgan va yetgan shikastlar oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. 

Xabarga ko‘ra, mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (“Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi, tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

934

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing