18 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti 3 ta avtomobilni pachoq qildi
Jamiyat
−
21 yanvar 2021
5768Kecha, 20 yanvar kuni Samarqand shahrida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIv YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni soat 22:30 larda Samarqand viloyati Samarqand shaxar Mirzo Ulug‘bek va Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chalari kesishgan chorrahada 1967 yilda tug‘ilgan xaydovchi R.E. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli hamda 2002 yilda tug‘ilgan xaydovchi J.E. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobillar to‘qnashgan.
To‘qnashuv zarbidan Lacetti rusumli avtomobil xaydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Nexia rusumli hamda Cobalt rusumli avtomobillariga borib urilgan.
To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
LiveBarchasi