18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish taqiqlanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazish taqiqlanishi kutilmoqda. Bu haqdagi tegishli qonun loyihasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqildi va muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasida 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazishni taqiqlash nazarda tutilgan. Shuningdek, nikohga kiruvchilar arizasiga ko‘ra homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya) nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkinligi belgilanmoqda.

Xususan, quyidagilar uchun jarimalar miqdorini oshirish belgilanmoqda:

  • nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish – BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,4 million so‘mdan 5,1 million so‘mgacha). Amalda BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha;

  • ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish – BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha (5,1 million so‘mdan 6,8 million so‘mgacha);

  • nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish – BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (6,8 million so‘mdan 10,2 million so‘mgacha);

  • qonunda o‘rnatilgan nikoh tuzish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tartib va shartlarni buzish – BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (5,1 million so‘mdan 10,2 million so‘mgacha).


Maqola muallifi

Teglar

yigit va qiz unashtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar