Norboyeva sabab O‘zbekiston yuzidagi ko‘p yillik tamg‘a olib tashlangani aytildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senat raisligiga Tanzila Norboyeva nomzodini tavsiya qilgani haqida xabar bergan edik. Senat yalpi majlisida ushbu tavsiya muhokama qilindi. 

Muhokamada so‘zga chiqqanlar bir ovozda Tanzila Norboyeva nomzodini qo‘llab-quvvatladi va barcha senatorlarni Norboyevaga ovoz berishga chaqirdik. 

Sirdaryo viloyati hokimi G‘afurjon Mirzayev, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev yig‘ilishda so‘z olib, Tanzila Norboyevaning ko‘p yillik mehnatlari sabab xorijiy mamlakatlar O‘zbekistonga bolalar mehnati, majburiy mehnat deb qo‘yilgan tamg‘alar olib tashlanganini aytdi. 

Senatorlarning fikricha, Norboyevaning sa’y-harakatlari bilan majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berilgan va u mamlakatda xotin-qizlar manfaatlarini himoyalashda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. 

Shuningdek, Norboyeva Prezidentning 5 tashabbus loyihasini amalga oshirishda ham peshqadam bo‘lgan. 

Prezidentning aytishicha, qishloqdagi oddiy ayollar ham Senat boshida Tanzila Norboyeva o‘tirganini sezishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

551

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing