18+. OIV infeksiyasiga chalingan erkak o‘ynashiga atayin virusni yuqtirdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida orttirilgan imminitet tanqisligi (OIV)ga chalingan erkak boshqa bir ayol bilan jinsiy aloqa qilib, unga bila turib ushbu virusni yuqtirgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi 1965 yilda tug‘ilgan erkak 2015 yilning 18 iyunidan buyon OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatda turadi. 

U 2018 yilning noyabr oyidan hozirgi kunga qadar 1972 yilda tug‘ilgan ayol bilan nikohsiz yashab, doimiy jinsiy aloqada bo‘lib, bila turib o‘sha ayolga OIV kasalligini qasddan yuqtirganligi aniqlangan. 

IIV bergan ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, erkak bungacha OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun bilan tanishtirilgan holda boshqa shaxslarga infeksiyani yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  ushbu shaxsning boshqa shaxslarga ham OIV infeksiyasini yuqtirgan yuqtirmaganligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-oktyabr oyida orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OITS)ga chalinganlarning 74 foizi ushbu kasallikni himoyalanmagan jinsiy aloqa yo‘li orqali yuqtirib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

767

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing