18 apreldan karantin qoidalari kuchaytiriladi
Jamiyat
−
17 aprel 2021
43184Joriy yilning 18 aprelidan O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilinishining nazorati yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi maxsus yig‘ilishda so‘z borgan.
Unga ko‘ra, bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlansa, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtashish va 2 haftaga karantinga olish belgilandi. Ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.
Yirik savdo majmualari va bozorlarda, do‘konlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishi, jumladan, qo‘llarni antitseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qat’iy nazorat qilinadi.
Ayni Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.
1 maydan boshlab, konsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazish kabi qator cheklovlar belgilandi.
LiveBarchasi