17 yoshli qiz ayiq bilan kurashdi
Olam
−
02 iyun 2021
15168Bugun, 2 iyun kuni Internetda AQSHning Kaliforniya shtatida yashovchi qizning ayiq bilan kurashgani aks etgan video tarqaldi. Unda qizning uy hayvonlarini himoya qilayotganini ko‘rishingiz mumkin.
Voqea 1 iyun kuni sodir bo‘lgan. Katta ona ayiq 2 ta bolalari bilan uy devoriga chiqib olgan. Buni ko‘rgan hovlidagi kuchuklar akillashni boshlagan. Baland shovqin eshitilishi bilan 17 yoshli qizaloq hovliga yugurib chiqqan va devor ustida itlarga hujum qilayotgan ayiqni ko‘rgan. U shu zahoti katta ona ayiqni urib devordan tushirgan va kuchuklarni himoya qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qizning ismi Xeyli Moriniko. Uning aytishiga qaraganda, oila yashaydigan hududga ayiqlar tez-tez kelib turadi. Lekin u shu paytgacha biron marta ayiqqa bunchalik yaqin kelmagan.
“Men shovqinni eshitib hovliga chiqdim. Ayiq mening kuchugim Valentinaga hujum qilayotganini ko‘rib, uni himoya qilishim kerakligini o‘yladim. Ayiqni itarishim zarur edi va buni uddaladim. Lekin siz hech qachon buni qilmang, sizda ham xuddi shunday natija bo‘lmasligi mumkin” deydi Xeyli.
Xeylining onasi Sitlalli Moriniko voqea aks etgan videoni Facebook’ga joylab, “Hayotimdagi eng dahshatli daqiqalardan biri”, deya post qo‘ygan.
Voqea natijasida qizning barmog‘i singani va tizzasi jarohatlangani aytilmoqda.
Mohinur Mamatova
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15