17 yashar qiz hammomda qanday o‘lgani ochiqlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Qashqadaryoda Qarshi shahar, "Maxallot" mahalla fuqarolar yig‘ini, Ahmad Yassaviy ko‘chasi, 6-uyda vaqtincha ijarada yashab kelayotgan 17 yashar qiz ushbu uyning hammomidan jonsiz holda topilgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura QALAMPIR.UZ’ga qizning vafotiga oid boshqa ma’lumotlarni ochiqladi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 noyabr kuni ertalab soat 08:30 larda G.Turdialiyeva yuqoridagi ko‘rsatilgan manzildagi xonadonning hammomida o‘rnatilgan gaz pechini yoqib yuvinish jarayonida gaz pechidan sizib chiqqan is gazining ko‘payib ketishi oqibatida zaharlanib, vafot etgan.

Hodisa joyi shahar prokurorining yordamchisi J.Farmonov, Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB profilaktika inspektori S.Seropov va IIB tezkor-tergov guruh a’zolari hamda mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ishga aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, hozirda marhuma G.Turdialiyevaning o‘limi sabablarini o‘rganish yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.  Shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma Koson tumanida istiqomat qilgan. Qarshi shahridagi o‘quv markazida tahsil olgani uchun Mahallot mahallasidagi xonadonda ijarada yashagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing