16 yil qidiruvda bo‘lgan Akayev Prezident Japarov bilan uchrashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Qirg‘izistonning birinchi Prezidenti Asqar Akayev Bishkekka olib borilgani hamda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida ushlab turilgani haqida xabar bergandik.

Mahalliy OAVning yozishicha, mamlakat birinchi Prezidenti Asqar Akayev bugun, 2 avgust kuni Qirg‘izistonga olib kelingach, respublikaning amaldagi rahbari Sadir Japarov bilan uchrashgan. Bu haqda Akayevning o‘zi jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Akayevning aytishicha, “hamma narsani aytib berish” imkoniyati uchun mamlakat rahbariga minnatdorlik bildirgan.

“Menga yo‘l ochgani uchun Sadir Nurqo‘jayevichga minnatdorlik bildirdim. Mamlakat oldiga katta vazifalar qo‘yildi, yangi rahbariyatda iqtisodiyotni qanday ko‘tarish borasida ijodiy reja bor. Qo‘limdan kelgancha, men bunga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman”, deydi Qirg‘iziston Respublikasi birinchi Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Asqar Akayev qidiruvda bo‘lgan va Rossiyada yashab kelgan. Biroq rasmiy Moskva 16 yil davomida uni Bishkekka topshirishdan bosh tortgan. Qayd etish kerakki, Akayevning qidiruvga berilishi Qirg‘iziston hududida joylashgan Markaziy Osiyoning eng yirik oltin konlaridan biri — “Qumtor” loyihasi faoliyatidagi korrupsion holatlar bilan bog‘liq. Akayevning Qirg‘izistondan qochishi esa  2005 yilda mamlakatda yuz bergan “Lola inqilobi” bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1046

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing