150 metrdan qulagan Spark haydovchisi tirik qoldi (video)
Jamiyat
−
05 Oktabr 2021
12720Joriy yilning 1 oktyabr kuni Toshkent viloyatida Spark rusumli avtomobil tepalikdan tushib ketdi. Avtoulov boshqaruvida bo‘lgan ayol haydovchi tirik qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Bo‘stonliq tumanidan o‘tuvchi Toshkent-Chimyon yo‘lining 76-kilometrida sodir bo‘lgan. Spark rusumli avtoulovida Bildirsoy hududida harakatlanib ketayotgan O.N. ismli ayol kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, 150 metr jarlikka tushib ketgan.
Voqea yuzasidan xabar soat 12:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga kelib tushgan. Shunga ko‘ra, bir guruh qutqaruvchi voqea joyiga yetib borib, haydovchi ayolga zarur amaliy va psixologik yordam ko‘rsatgan hamda avtoulov jarlikdan tortib chiqarilgan.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro xavfsizlik kamaridan foydalanib harakatlangani va avtomobil xavfsizlik yostiqchalarining o‘z vaqtida ishga tushgani sababli hech qanday tan jarohati olmagan.
LiveBarchasi