15 yilga hukm qilingan Siemens sobiq rahbari 2 oyda qamoqdan chiqdi
Olam
−
28 yanvar 2020
4708Siemens Hellas kompaniyasining sobiq rahbari Prodromos Mavridis 2019 yilning dekabr oyida pul yuvishda ayblanib, unga nisbatan 15 yil qamoq jazosi tayinlangan edi. Ammo oradan 2 oy vaqt o‘tib u ozodlikka chiqdi. Bu haqda AMNA Afina axborot agentligi xabar bermoqda.
U 24 yanvar kuni sog‘lig‘ining yomonlashgani sababli ozod etishlarini talab qildi. Sud ayrim cheklovlar evaziga uning talabini qanoatlantirdi. U mamlakatdan chiqib ketmasligi va bir oyda bir marta o‘zi yashab turgan tumanning politsiyasiga uchrashishi kerak bo‘ladi.
2019 yilning so‘ngida Gretsiya sudi 1997 yil ko‘p milliard dollarlik shartnomaga erishish uchun korrupsiya va poraxo‘rlikka qo‘l urgan 54 amaldordan 22 nafariga hukm chiqargan edi.
Oqibatda, Siemens’ning 12 vakili, Gretsiya telekommunikatsiya kompaniyasining 15 nafar a’zolari, qolgan to‘rt kishi esa bankir va tadbirkorlar hisoblanadi. Bu ishda qo‘li borlarningti ayrimlari Germaniyaga qochib ketishga ulgurgan.
Ma’lumot o‘rnida, Germaniyaning Siemens konsernini siyosatchilarni sotib olishda va Gretsiya iqtisodiga 2 milliard yevro miqdorida zarar keltirishda ayblashmoqda. Konsern 1997 yilda Gretsiya telekommunikatsiya kompaniyasiga raqamli telefon uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritish uchun o‘ millionlab yevro pora bergani aniqlangan.
Surishtiruv ishlari 13 yil muqaddam boshlangan edi. 2015 yilda ish sudga oshirildi, biroq tinglash jarayoni yana uch yilgacha cho‘zilib ketdi.
LiveBarchasi